Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol esib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol esib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin
Qisqacha

Bugun, 20-aprel kuni O'zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to'zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Bu holat Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo hamda Surxondaryo viloyatlarining ba'zi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 metrgacha kuchayishi bilan birga kechadi. "O'zgidromet" ushbu hududlarda yashovchilarni ogohlantirmoqda.

Bugun, 20 aprel sanasida O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang-to‘zon holatlari kuzatilishi ehtimol qilinmoqda. Bu haqda O‘zgidromet tomonidan rasmiy ma’lumot e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo hamda Surxondaryo viloyatlarining ba’zi hududlarida shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu hududlarda kuchli shamol chang-to‘zonlar bilan birga kechishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, avvalroq joriy yilning 18-23 aprel kunlari davomida kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini kabi xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ham ogohlantirish berilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar