Otabek Madrahimov uzoq tanaffusdan so'ng yubiley konsert beradi

Otabek Madrahimov uzoq tanaffusdan so'ng 2026-yil dekabr oyida yubiley konsert dasturini o'tkazishni rejalashtirmoqda. San'atkor farzandlarining AQShda ta'lim olishi va ota-ona majburiyatlari sabab ijoddan biroz chekingan edi. Endilikda oilaviy sharoit yengillashgani bois, u yana sahnaga qaytib, faol ijod qilish imkoniyati paydo bo'lganini ta'kidladi. 90-yillarda "Lola", "Malika budur" kabi qo'shiqlari bilan mashhur bo'lgan ijodkorning bu yangiligi muxlislari uchun quvonchli xabar bo'ldi.
Yaqinda “Million” jamoasi konserti doirasida Otabek Madrahimov Afisha.uz muxbiriga bergan intervyusida o‘zining ijodiy rejalari haqida ma’lumot berdi.
San’atkor 2026 yil dekabr oyida yubiley konsert dasturini o‘tkazishni rejalashtirayotganini va shu orqali yana sahnaga qaytishi mumkinligini bildirdi.
Uning aytishicha, so‘nggi yillarda ijoddan biroz uzoqlashishiga farzandlarining AQShda tahsil olishi va otalik mas’uliyatlari sabab bo‘lgan.
Hozir esa oilaviy sharoit biroz yengillashgani bois san’atga qaytish va faol ijod bilan shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘lganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Otabek Madrahimov 90 yillarda katta shuhrat qozongan ijodkor bo‘lib, uning “Lola”, “Malika budur”, “Labingdan o‘pay” kabi qo‘shiqlari keng ommalashgan. U ijodini baraban chalishdan boshlagan va keyinchalik aktyorlik sohasida ham o‘zini sinab ko‘rgan.






























Izohlar 0
…