date

Yaponiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi

Yaponiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi

Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakat meteorologiya agentligi tezkor tarzda qator sohilbo‘yi hududlar uchun sunami xavfini e’lon qildi.

Zilzila Tinch okeani hududida, Ivate prefekturasi yaqinida, 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Vaqt mahalliy hisobda 12:53 ni ko‘rsatgan.

Rasmiylarga ko‘ra, sunami to‘lqinlari balandligi 3 metrgacha yetishi mumkin. Ivate, Aomori, Miyagi hamda Xokkaydo janubi asosiy xavf zonasi sifatida qayd etilgan.

Kuchli silkinishlar poytaxt Tokio va boshqa yirik shaharlarda ham sezilgan. Xavf tufayli tezyurar poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozircha jabrlanganlar yoki katta talafotlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan, qutqaruv xizmatlari vaziyatni nazorat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi