Sindorovning bobosidan Javohir va Bibisora munosabati haqida iliq gaplar

Sindorovning bobosidan Javohir va Bibisora munosabati haqida iliq gaplar
Qisqacha

Javohir Sindorovning bobosi, nabirasi Bibisara Assaubayeva bilan bo'lgan munosabatlari haqida iliq fikrlar bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, Bibisara juda aqlli va tarbiyali qiz bo'lib, ikki yosh bolalikdan birga ulg'aygan va bir-birini yaxshi tushunadi. Bobosi ularning hozirgi sevgililik davrida ekanligini ta'kidlab, oila sifatida ularni qo'llab-quvvatlashini va kelajakda faqat omad tilashini aytdi. Ular nafaqat shaxsiy hayotda, balki xalqaro шахмат maydonida ham katta yutuqlarga erishmoqda.

Javohir Sindorovning bobosi nabirasining Bibisora Assaubayeva bilan munosabatlari haqida iliq fikrlar bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bibisora juda aqlli va tarbiyali qiz bo‘lib, u bilan shaxsan muloqot qilgan. Aytishicha, ikki yosh shaxmatchi bolaligidan birga ulg‘aygan va bir-birini yaxshi tushunadi.

“Bibisora ham juda aqlli. Men u bilan gaplashganman. Ular yoshligidan birga o‘sgan. Javohir ham bilimli va puxta fikrlaydigan inson. U hayotda ham, yor tanlashda ham ko‘p jihatlarni hisobga oladi. Hozir ular sevish va sevilish davrida. Biz esa ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va faqat yaxshilik tilaymiz”, — dedi u.

Bobosining ta’kidlashicha, bu ikki yosh nafaqat shaxsiy hayoti, balki xalqaro maydondagi yutuqlari bilan ham e’tiborga sazovor. Ular bugun dunyo miqyosida tan olingan shaxmatchilar bo‘lib, o‘z iqtidori bilan ko‘pchilikni hayratga solmoqda.

Shu bois, oila a’zolari ularning kelajagiga ishonch bilan qarab, ikki yoshga faqat omad va yorug‘ yo‘l tilamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar