Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubida to‘p surgan, hozirda esa futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov italiyalik jamoalarning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Radimovning ta’kidlashicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: terma jamoa Jahon chempionatiga borolmay qolish xavfi ostida. Uning aytishicha, klublar legionerlar hisobiga vaziyatni qisman “ushlab turibdi”, biroq terma jamoaning darajasi past. Bu fikrlar “Match TV” efirida yangradi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Jyenaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa saralashning pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi.
2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqaga uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!