date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga yangi nomzodni tasdiqladi — endi bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. Klub rahbariyati Delgadoning ishini prezident Xuan Rikelme bilan bevosita hamkorlikda olib borishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Boka Huniors» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shu sababli Delgado va Rikelme tandemi yaqin davrda transferlar bo‘yicha faol ishlashi, jamoani raqobatbardosh holatga keltirish ustida bosh qotirishi kutilmoqda.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng sermahsul to‘purari bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi