date

Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Argentina grandi «Boka Xuniors» yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub hozir tarkibni tezkor kuchaytirishga muhtoj, shuning uchun Delgado va Rikelme dueti yaqin transferlar bozorida faol ishlashi kutilmoqda.

Dalgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores Kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu ko‘rsatkichni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi