date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport bo‘yicha yangi rahbar nomini e’lon qildi — klubning sport direktori lavozimini endilikda Marselo Delgado egallaydi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda va Delgado hamda Rikelme oldida aynan shu yo‘nalishda muhim vazifalar turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi