Monako Lansa qarshi tarkibini e’lon qildi Gollovinsiz

“Monako” shanba kuni Fransiya Liga 1 peshqadami “Lans”ga qarshi safarda maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan bosh murabbiy Sebasten Pokonyoli asosiy tarkibni ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Monakoliklar o‘yinni quyidagi futbolchilar bilan boshlaydi: Koen, Diatta, Teze, Kerer, Fas, Enrike, Zakariya, Kamara, Kulibali, Balogun, Adingra.
Jamoa qaydnomasida Aleksandr Gollovin yo‘q. Rossiyalik yarim himoyachi o‘tgan turdagi qizil kartochkadan keyin diskvalifikatsiya sabab o‘yinni o‘tkazib yubormoqda.
“Lans” – “Monako” bahsini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
Hozircha “Monako” Liga 1 turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing