date

Prestianni UEFAdagi ko‘rsatmada Vinisiusga aytgan so‘zini aytdi

Prestianni UEFAdagi ko‘rsatmada Vinisiusga aytgan so‘zini aytdi

UEFA Chempionlar ligasida «Benfika» — «Real» uchrashuvida yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. «Real» vingeri Vinisius Junior «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilik mazmunidagi haqorat ishlatganlikda ayblagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

ESPN xabariga ko‘ra, Prestianni UEFAga ko‘rsatma bergan. Argentinalik futbolchi ispan tilida irqchilik haqorati sifatida talqin qilinadigan «mono» so‘zini aytganini rad etdi. Uning ta’kidlashicha, u «m» harfi bilan boshlanadigan, talaffuzi o‘xshash boshqa so‘zni ishlatgan — bu ham haqorat hisoblanadi, biroq irqchilikka aloqador emas va noan’anaviy jinsiy orientatsiyadagi erkakka nisbatan aytiladi.

Qayd etilishicha, mojaro paytida Prestianni og‘zini futbolkasi bilan berkitib olgan, shu sababli labdan o‘qish bo‘yicha ekspertlarni jalb qilish deyarli foydasiz.

Uchrashuvda «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Prestianni UEFAdagi ko‘rsatmada Vinisiusga aytgan so‘zini aytdi