date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor va endi ushbu tandem transfer hamda seleksiya masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purariga aylangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi