date

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Oʻzbekiston terma jamoasi va «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul futbolchi sifatida yetakchilikni qoʻlga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga koʻra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamgʻardi: 16 ta gol va 4 ta assist. Shu natija bilan u turnir toʻpurarlar roʻyxatida ham birinchi oʻrinda bormoqda.

«Galatasaray» yulduzlari bilan taqqoslaganda ham Eldor sezilarli ustunlikka ega. Mauro Ikardining barcha o‘yinlarda 13 ta goli bor, Viktor Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Shomurodov toʻp surayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2026 yilda Shimoliy Amerikada oʻtadigan jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi