Boka Xuniors klubi yangi sport direktorini tayinladi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda va endi Delgado hamda Rikelme dueti transferlar va seleksiya masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
2003 yilda esa u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing