date

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul hujumchisi bo'ldi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul hujumchisi bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi hamda «Istanbul Bashakshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul futbolchi sifatida yetakchilikni qo'lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga ko'ra, Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg'ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu ko'rsatkich uni turnir to'purarlar ro'yxatida ham birinchi o'ringa olib chiqdi.

«Galatasaray» yulduzlari bilan taqqoslaganda ham Shomurodovning ustunligi yaqqol: Mauro Ikardida barcha o'yinlarda 13 ta gol bor, Viktor Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan cheklanib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov safida O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilda Shimoliy Amerikada o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul hujumchisi bo'ldi