date

Mali Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha gapirdi

Mali Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha gapirdi

Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Magassa Rossiya terma jamoasiga qarshi ehtimoliy o'rtoqlik o'yini yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning so'zlariga ko'ra, bahsni o'tkazish masalasi FIFA bilan kelishib olingan va hozircha hech qanday muammo yo'q. Magassa Sport24 jurnalistlariga bergan izohida uchrashuv natijasi FIFA reytingida inobatga olinishi hamda bu o'yin uchun ochkolar hisoblanishini ta'kidladi.

Rossiya va Mali terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil fevralidan beri Rossiya terma jamoalari va klublari xalqaro turnirlardan chetlatilgan. Shu sababli milliy jamoa hozircha faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mali Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha gapirdi