date

PSJ yulduzi Joau Nevesh bilan shartnomani uzaytiradi

PSJ yulduzi Joau Nevesh bilan shartnomani uzaytiradi

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Joau Nevesh klub bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Fabrizio Romano ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan bitim shartlarini kelishib olgan, 21 yoshli futbolchining maoshi ham oshiriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nevesh PSJga 2024 yil yozida "Benfika"dan ko'chib o'tgandi — transfer qiymati 65 mln yevrodan yuqori bo'lgan. Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi esa 2029 yilda yakunlanishi kerak.

Joriy mavsumda Luis Enrike jamoasi safida barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushgan Nevesh 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ yulduzi Joau Nevesh bilan shartnomani uzaytiradi