Eduard Mor Napolining top-4 imkoniyatini shubha ostiga oldi

Italiya A Seriyasining 26-turida «Napoli» safarda «Atalanta»ga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng jamoaning keyingi taqdiri haqida futbol eksperti Eduard Mor fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis neapolliklarda jarohatlar haddan tashqari ko‘payib ketgani, zaxira o‘rindig‘i esa keng emasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, aynan shu omil mavsum yakunida «Napoli»ning kuchli to‘rtlikdan tashqarida qolishiga olib kelishi mumkin. Mor bu fikrini «Match TV» efirida bayon qildi.
Kecha olingan mag‘lubiyatdan keyin «Napoli» A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Antonio Konte shogirdlari 5-pog‘onadagi Turin «Yuventus»idan hozircha to‘rt ochko oldinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing