date

PSJ Senni Meyulu bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

PSJ Senni Meyulu bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

"Pari Sen-Jermen" rahbariyati yarim himoyachi Senni Meyulu bilan kelishuvni uzoq muddatga choʻzish niyatida. Insayder Fabris Xokins hisobotiga tayangan "Gazeta.Ru" xabariga koʻra, parijliklar 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Istiqbolli fransuz futbolchiga Yevropaning boshqa klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq Meyulu hozircha PSJni tark etishni o‘ylamayapti.

Shuningdek, klub yaqin vaqtda yarim himoyachi Joau Nevesh, hujumchi Usman Dembele hamda qanot vingeri Bredli Barkola bilan ham shartnomalarni uzaytirish ustida ishlayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Luis Enrike jamoasida 28 o‘yinda maydonga tushgan Senni Meyulu 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Senni Meyulu bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi