PSJ Senni Meyulu bilan 2030 yilgacha shartnoma tuzmoqchi

Pari Sen-Jermen yarim himoyachisi Senni Meyulu bilan kelishuvni uzaytirmoqchi. Insayder Fabris Hokins hisobotiga tayangan holda «Gazeta.Ru» xabar berishicha, klub 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi, uzoq muddatli kontrakt taklif qilmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yosh fransuz futbolchisiga Yevropaning boshqa klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq Meyulu PSJni tark etishni o'ylamayapti.
Avvalroq PSJ yarim himoyachi Joau Nevesh, hujumchi Usman Dembele hamda vinger Bredli Barkola bilan ham shartnomalarni uzaytirish niyatida ekani ma'lum bo'lgandi.
Meyulu joriy mavsumda Luis Enrike jamoasi safida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing