PSJ Senni Meyulyuga 2030 yilgacha shartnoma taklif qiladi

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachi Senni Meyulyu bilan hamkorlikni uzoq muddatga mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Insider Fabris Hokins hisobotiga tayanib, «Gazeta.Ru» xabar berishicha, parijliklar 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuvni taklif etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Istiqbolli fransuz futbolchisiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, biroq Meyulyuning o'zi hozircha PSJni tark etish niyatida emas.
Avvalroq klub Joau Nevesh, Usmon Dembele va Bredli Barkola bilan ham shartnomalarni uzaytirish ustida ishlayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Luis Enrike jamoasi safida 28 o'yinda maydonga tushgan Senni Meyulyu 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!