date

Benfika Prestiannining diskvalifikatsiyasidan so'ng bayonot berdi

Benfika Prestiannining diskvalifikatsiyasidan so'ng bayonot berdi

UEFA Janluka Prestianni va Vinisius Junior o'rtasidagi mojaroni o'rganishda davom etmoqda. "Real" futbolchisi "Benfika" vakilini irqchilikda ayblagan, dastlabki tekshiruvlarda esa Prestianni tomonidan kamsitish bo'lgani ehtimoli qayd etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu sabab UEFA argentinalik futbolchini vaqtincha bir o'yinga chetlatdi. Qarordan keyin "Benfika" rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Portugaliya klubi UEFAdan Prestiannining diskvalifikatsiyasi haqida xabarnoma olganini va bu qaror ustidan shikoyat kiritmoqchi ekanini ma'lum qildi. Klub, muddatlar qisqaligini inobatga olib, apellyatsiya javob o'yiniga sezilarli ta'sir ko'rsatmasligi mumkinligini ham tan oldi.

"Benfika" bayonotida barcha ko'rinishdagi irqchilik va diskriminatsiyaga qarshi kurashish tamoyiliga sodiqligini ham alohida ta'kidladi.

"Real" 25 fevral kuni "Benfika"ni qabul qiladi. Lissabondagi ilk uchrashuvda madridliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Benfika Prestiannining diskvalifikatsiyasidan so'ng bayonot berdi