Laporta Xavi 10 futbolchini almashtirishni so'raganini aytdi

«Barselona»ning sobiq prezidenti Joan Laporta 2024 yilda Xavi bosh murabbiylik lavozimini tark etgan jarayonni eslab o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Laportaning aytishicha, qaror shoshma-shosharlik bilan qabul qilinmagan: u Xaviga tajriba yetishmasligini bildirgan, Xavi esa Qatarda ishlaganini tajriba sifatida ko‘rsatgan. Yakunda klub rahbari unga ishonch bildirgan, biroq hamkorlik kutilganidek kechmagan.
«Uning gaplari bizning yondashuvimizni o‘zgartirdi. Men undan jamoaga ishonasanmi, deb so‘radim — u 100% dedi. Bu meni hayratga soldi, chunki o‘tgan mavsum davomida u boshqacha fikr bildirardi. Oradan ikki hafta o‘tib esa, “yana ikki yil raqobatbardosh bo‘la olmaymiz”, dedi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Catalunya Radio.
Shuningdek, Laporta sport direktori Deku unga Xavi tarkibda katta yangilanish istagida bo‘lganini aytganini ma’lum qildi: murabbiy 10 nafar futbolchini almashtirishni so‘ragan.
2024 yil yozida «Barselona» boshqaruvi Xans-Diter Flikka topshirilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!