Al-Nasr bosh murabbiy Zhezush bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistoni manbalariga ko'ra, «Al-Nasr» bosh murabbiy Zhorzhe Zhezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa ichida murabbiy ishidan qoniqish yuqori ekani va kelasi mavsumda ham u bilan birga ishlash istagi borligi ta'kidlanmoqda.
Avvalroq Zhezushning kelajagi Krishtianu Ronaldu bilan bog'lanib, agar hujumchi yozda klubni tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi haqida gaplar chiqqan edi. Biroq Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyatini bildirgan.
Zhezush «Al-Nasr»ni o'tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!