date

Laporta Xavi 10 futbolchini almashtirishni so'raganini aytdi

Laporta Xavi 10 futbolchini almashtirishni so'raganini aytdi

«Barselona»ning sobiq prezidenti Joan Laporta 2024 yilda Xavi bosh murabbiylikdan ketgan davrni eslab o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laportaning aytishicha, bu qaror shoshma-shosharlik bilan qabul qilinmagan: u Xavining tajribasi yetarli emasligini ta’kidlagan, Xavi esa Qatarda ishlaganini tajriba deb hisoblagan. Natijada Laporta unga ishonch bildirgan, biroq jarayon kutilgandek kechmagan.

«Uning gaplari klub yondashuvini o‘zgartirdi. Men undan jamoaga ishonasanmi, deb so‘radim, u esa 100% dedi. Bu meni hayratga soldi, chunki o‘tgan mavsum u boshqacha gapirardi. Oradan ikki hafta o‘tib esa, «yana ikki yil raqobatbardosh bo‘la olmaymiz», dedi. Deko menga Xavi 10 nafar futbolchini almashtirishni so‘raganini aytgandi», — dedi Laporta Catalunya Radio efirida.

2024 yil yozida «Barselona» bosh murabbiyligiga Hans-Diter Flik tayinlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Xavi 10 futbolchini almashtirishni so'raganini aytdi