date

Fonseka Trampni tanqid qildi va mundialni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi

Fonseka Trampni tanqid qildi va mundialni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi

Donetskning «Shaxtyor»i hamda Italiyaning «Milan» klubini boshqargan murabbiy Paulo Fonseka siyosiy mavzudagi keskin fikrlari bilan yana kun tartibiga qaytdi. U futbol bo'yicha jahon chempionatini AQShda o'tkazish g'oyasini ma'qullamasligini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga qaytganidan keyin Yevropada bu mamlakatdagi jarayonlar borasida xavotir kuchayganini ham eslatib o'tdi.

“Amerika prezidenti pozitsiyasi shunday: eng himoyasiz qatlamlarni e'tiborsiz qoldirish va faqat o'z manfaatini ilgari surish. U odamlar haqida o'ylamaydi, faqat pulni o'ylaydi. Futbolning haqiqiy muxlislari va unga sodiq insonlar musobaqalashadigan joy boshqa bo'lishi kerak, AQSh emas”, — deya Fonsekaning so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka Trampni tanqid qildi va mundialni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi