date

Mohidil O‘ktamova – taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni!

Mohidil O‘ktamova – taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni!

“Olimpiya shaharchasi”dagi Yakkakurash sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniy kun bahslari start oldi.

Qizlar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida harakat qilgan Mohidil O‘ktamjonova musobaqaning hal qiluvchi bosqichigacha yetib borib, finalda Italiya vakili Sofiya Frassikaga qarshi tatamiga chiqdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz ustun kelib, jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shu bilan terma jamoa bu musobaqani yuqori kayfiyatda yakunladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi jami 6 ta medalga ega bo‘ldi: 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza.

Qisqa qilib aytganda, yoshlar tatamida xarakter ko‘rsatdi — va bu natija kelajak uchun ancha ishonchli signal.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mohidil O‘ktamova – taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni!