date

Gvardiola: “Arsenal”ni yengish uchun benuqson o‘yin shart...

Gvardiola: “Arsenal”ni yengish uchun benuqson o‘yin shart...

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 33-turida “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Taҗribali mutaxassis ushbu o‘yin jamoa uchun qanchalik muhim ekanini alohida taʼkidladi.

Ispaniyalik murabbiyning aytishicha, hozirgi vaziyatda jamoa yaxshi holatda va uchrashuvga to‘liq tayyor. Uning fikricha, ochkolar o‘rtasidagi farq sezilarli — olti ochko kam emas, ammo bu ustunlikni qisqartirish imkoni hali ham mavjud.

“Biz yaxshi holatdamiz, o‘yinga tayyormiz. Olti ochko — jiddiy farq, ammo uni bartaraf etish imkoniyati bor. Endi barcha narsa bizning munosabatimiz, maydondagi kayfiyatimiz va intilishimizga bog‘liq. Jamoa tayyor bo‘ladi, muxlislarimiz esa doimgidek tribunalarda bizni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya taʼkidladi Gvardiola.

U shuningdek, “Arsenal” kabi kuchli va shakldagi raqibni mag‘lub etish uchun jamoa deyarli xatosiz, yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishi kerakligini qayd etdi. Murabbiyning fikricha, har bir epizodda maksimal konsentratsiya va intizom hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Gvardiola misol tariqasida Uemblida bo‘lib o‘tgan Liga kubogi finalining ikkinchi bo‘limidagi o‘yinni esga oldi. Uning aytishicha, agar “Siti” o‘sha darajadagi o‘yinni butun 95 daqiqa davomida namoyish eta olsa, raqib ustidan g‘alaba qozonish imkoniyati ancha yuqori bo‘ladi.

“Agar biz ‘Arsenal‘ga qarshi xuddi o‘sha ikkinchi bo‘limdagidek, lekin butun o‘yin davomida harakat qilsak, ular esa shu tempni ushlab tura olmasa, g‘alabaga erishishimiz mumkin. Albatta, futbolda hammasini oldindan aytish qiyin. Ammo bunday holatda biz g‘alabaga ancha yaqin bo‘lamiz. Bizning asosiy maqsadimiz ham shu”, — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Qayd etish joiz, ushbu to‘qnashuv chempionlik poygasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Shu bois har ikki jamoa ham maydonga faqat g‘alaba uchun chiqishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: “Arsenal”ni yengish uchun benuqson o‘yin shart...