Vanoli Fiorentina g'alabasidan keyin kayfiyat yaxshilangani aytdi

Italiya A Seriyasida «Fiorentina» turnir jadvalining quyi qismidagi bevosita raqibi — «Piza»ga qarshi bahsda g'alabani qo'lga kiritdi. Shunga qaramay, jamoa ustozi, avval Moskvaning «Spartak» klubini boshqargan Vinchenso Vanoli uchrashuvdan so'ng to'liq qoniqqandek ko'rinmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Bu biz uchun kerakli va juda muhim g'alaba. Uni muxlislarimizga bag'ishlayman — ularni ko'p ham xursand qila olmagandik. Nega ikkinchi bo'limda sustroq o'ynadik? Raqib markaziy chiziqni yuqoriroq ko'tardi, biz esa biroz sustkashlik qildik va o'yin tezligini oshirmadik. Bu jihatlarni albatta tahlil qilamiz, ammo hozircha hech bo'lmaganda kayfiyat ancha yaxshilandi», — deya Vanolining so'zlarini fiorentinanews.com keltirdi.
Ushbu g'alabadan keyin «binafshalar» A Seriya turnir jadvalida 16-o'ringa ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!