Noyer «Borussiya»ga qarshi o‘yinda kutilmaganda maydonga tushishi mumkin

Fevral o‘rtalarida «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer jarohat olib, taxminan uch haftaga safdan chiqishi aytilgandi. Biroq tajribali golkiper rejalashtirilganidan tezroq safga qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. U hali murakkab mashqlarni bajarmagan, ammo to‘p bilan ishlagani ijobiy o‘sish borligini ko‘rsatmoqda.
Germaniyada Noyer Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yindayoq muxlislarni hayratda qoldirishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Jamoalar 28-fevral, shanba kuni uchrashadi.
Hozir «Bavariya» Bundesliga jadvalida peshqadam, ikkinchi o‘rindagi «Borussiya» esa 8 ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!