date

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotib bo'lgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi o'yin Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan obro' uchun so'nggi urinish edi, biroq bu safar ham "eshikni qars" etib yopishning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor gol urib, o'yin taqdirini deyarli hal qildi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va bu intriga qolmasligiga sabab bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi