Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi o'yin Leonid Slutskiy shogirdlari uchun turnir bilan xayrlashishdan oldingi so'nggi urinish, ya'ni "eshikni qarsillatib" ketish imkoniyati edi, ammo bu safar ham uddalanmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida zafar quchdi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning avvalidayoq ikki marta raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kam bo'lib qolgani intriga qolmasligiga sabab bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!