date

Garri Keyn Gerd Myullerning tarixiy seriyasini takrorladi

Garri Keyn Gerd Myullerning tarixiy seriyasini takrorladi

Bundesliganing so'nggi turida «Bavariya» Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv qahramonlaridan biri Garri Keyn bo'lib, ingliz hujumchisi ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Keyn bundan avvalgi ikki o'yinda ham dubl qayd etgandi: u «Xoffenxaym»ga qarshi ham, «Verder» bilan bahsda ham ikkita gol urgan.

2023 yildan beri Bundesligada to'p surayotgan Keyn faoliyatida bunday ketma-ket uch o'yinda dubl seriyasini uchinchi marta amalga oshirdi. Shu orqali u «Bavariya»ning 60–70-yillardagi afsonaviy to'purari Gerd Myuller natijasiga yetib oldi.

«Bavariya» tarixida esa bundan ham yuqori ko'rsatkichga chiqqan faqat bitta futbolchi bor: Robert Levandovski faoliyati davomida to'rt marta shunday seriyani qayd etgan. Hozir u Kataloniyaning «Barselona» klubida o'ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Gerd Myullerning tarixiy seriyasini takrorladi