Barselona Inter himoyachisi Alessandro Bastonini kuzatib bormoqda

"Barselona" tarkibni kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko'ra, kataloniyaliklar "Inter"ning markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni o'yinini diqqat bilan nazorat qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq "Barselona" uchun bu transfer oson bo'lmaydi: Bastonining narxi juda yuqori, futbolchining o'zi esa "Inter" bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara olib bormoqda.
26 yoshli italiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha "Inter" bilan bog'lab turibdi. Transfermarkt Bastonini 80 million yevroga baholagan.
Joriy mavsumda Bastoni 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing