Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentinaning «River Pleyt» klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etishga qaror qildi. Klub bu haqdagi bayonotni rasmiy sayti orqali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis 26-fevral kuni «Banfild»ga qarshi mamlakat chempionati uchrashuvidan so‘ng lavozimini topshiradi. Galyardoning ixtiyoriy iste’foga chiqishiga jamoaning kutilgan darajadagi natija ko‘rsata olmayotgani sabab bo‘lgan: «River Pleyt» hozircha turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo «River Pleyt» bilan murabbiy sifatida ikki bor ishlagan. U 2014–2022 yillar oralig‘ida klub bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritib, mamlakat chempionligini hamda Libertadores kubogida ikki marta g‘oliblikni nishonlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing