23 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 23 apreldagi sotuv narxlari eʼlon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 19 600 soʻmga pasaygan.
Oʻlchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 470 000 soʻm.
10 gram — 18 939 000 soʻm.
20 gram — 37 879 000 soʻm.
50 gram — 94 697 000 soʻm.
100 gram — 189 394 000 soʻm.
Oʻlchovli oltin quymalarni Oʻzbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal surʼatda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Koʻplab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing