Tramp yadro kodlariga kirishga uringani haqidagi da’vo

Tramp yadro kodlariga kirishga uringani haqidagi da’vo
Qisqacha

Britaniyaning "The Mirror" nashri xabariga ko'ra, Donald Tramp Oq uydagi favqulodda yig'ilish paytida yadro kodlariga kirishga uringan bo'lishi mumkin. MRB sobiq tahlilchisi Larri Jonsonning so'zlariga ko'ra, harbiy rahbariyat, xususan, general Den Keyn amaldagi tartib-qoidalarni eslatib, bu urinishni to'xtatgan. Hozircha Trampning nima sababdan bunday qadam tashlamoqchi bo'lgani haqida aniq ma'lumotlar ochiqlanmagan. Rasmiy izoh berilmagan bo'lsa-da, ushbu xabar jamoatchilik orasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Britaniyaning The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilish chog‘ida “yadro kodlari”dan foydalanishga uringan bo‘lishi mumkin. Ushbu ma’lumotni Markaziy razvedka boshqarmasining iste’fodagi tahlilchisi Larri Jonson keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat keskin vaziyat fonida yuz bergan va Tramp strategik qaror qabul qilish jarayonida yadro arsenaliga oid kodlarga kirishga harakat qilgan. Biroq, harbiy tuzilma vakillari bunga yo‘l qo‘ymagan.

Xususan, AQSH qurolli kuchlari rahbariyati vakili — general Den Keyn vaziyatga aralashib, amaldagi tartib-qoidalar va vakolatlar doirasini eslatgan holda ushbu urinishni to‘xtatgani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, bunday muhim qarorlar qat’iy nazorat ostida bo‘lib, bir necha bosqichli tasdiqlash jarayonidan o‘tadi.

Shu bilan birga, Tramp aynan nima sababdan “yadro kodlari”ga murojaat qilmoqchi bo‘lgani hozircha ochiqlanmagan. Bu holat yuzasidan rasmiy izohlar berilmagan bo‘lsa-da, mazkur xabar jamoatchilik orasida turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar