Syomin Safonov PSJ asosiga mehnati bilan kirdi

Taniqli rossiyalik murabbiy Yuriy Syomin PSJ darvozaboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. U joriy mavsumning so'nggi o'yinlarida fransuz klubining asosiy tarkibida tobora tez-tez maydonga tushmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Syominning aytishicha, Safonov PSJdagi o'rnini eng avvalo mehnatsevarligi bilan qo'lga kiritgan. Murabbiy darvozabon uchun ruhiy barqarorlik hal qiluvchi omil ekanini ta'kidlab, Safonovda o'z kuchiga bo'lgan ichki ishonch borligini qayd etdi.
Joriy mavsumda Safonov PSJ bilan FIFA Qit'alararo kubogini yutishga ham hissa qo'shdi. Finaldan keyingi penaltilar seriyasida braziliyalik «Flamengo»ga qarshi 4 ta zarbani qaytargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing