Peychinovich Rossiya termasiga raqib sifatida Serbiyani ko'rsatdi

«Lokomotiv»ning sobiq himoyachisi Nemenya Peychinovich Rossiya milliy jamoasi xalqaro maydondagi cheklovlar sharoitida ham doim o'ynashi mumkin bo'lgan raqib borligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, raqib topish qiyinlashsa, Rossiya futbol ittifoqi Serbiya terma jamoasiga murojaat qilishi mumkin. Peychinovich Metaratings'ga bergan izohida Moskva yoki Belgradda bo'ladigan bunday o'yinlarda stadion to'lib ketishini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yil mart oyida Moskva shahrida o'tgan uchrashuvda Rossiya Serbiyani 4:0 hisobida yirik mag'lub etgandi. O'sha bahs serbiyalik himoyachi Milan Gayichning erta va bahsli tarzda maydondan chetlatilgani sababli ham muhokamalarga sabab bo'lgan.
Serbiya terma jamoasi yirik turnirlarda muntazam qatnashib keladi, biroq 2026 yil Shimoliy Amerikada o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatida u aniq ishtirok etmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!