Zoran Toshich Rossiya va Serbiya yana o'ynashini qo'lladi

Moskvaning CSKA klubida to'p surgan sobiq futbolchi Zoran Toshich Rossiya va Serbiya terma jamoalari o'rtasida yana bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish g'oyasiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Toshichning aytishicha, bunday o'yinni Rossiyada ham, Belgradda ham tashkil qilish mumkin. Uning fikricha, avvalgi bahs iliq taassurotlar qoldirgan va imkon bo'lsa, bu tajribani yana takrorlash kerak.
Shuningdek, u serbiyaliklar 2026 yil Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralashida kutilgan natijani bera olmaganini ham eslatib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilda terma jamoalar allaqachon maydonga tushgan: mart oyida Moskva shahridagi “VTB Arena”da Rossiya Serbiyani 4:0 hisobida yirik mag'lub etgandi. O'sha uchrashuvda rossiyaliklar deyarli butun o'yinni son jihatdan ustunlikda o'tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!