Bavariya Flikni 61 yoshga to'lishi bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik hozirda «Barselona»ni Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshni qarshi oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu munosabat bilan Myunxenning «Bavariya» klubi ijtimoiy tarmoqlarda Flikka tabrik yo'lladi. «Tug'ilgan kuning bilan, Hansi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Flik 2019–2021 yillarda «Bavariya» bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Uning davrida myunxenliklar ikki marta Bundesligada chempion bo'ldi, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UEFA superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati trofeylarini qo'lga kiritdi.
«Barselona» — «Vilyarreal» bahsi fevral oyining so'nggi kunida bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing