date

Masip Flik boshchiligidagi Barselonani yangi bosqichda ko'rmoqda

Masip Flik boshchiligidagi Barselonani yangi bosqichda ko'rmoqda

"Barselona" prezidenti Joan Laportaning maslahatchisi Enrik Masip bosh murabbiy Hans-Diter Flikning jamoa bilan olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nemis mutaxassis o'tgan yozda kataloniyaliklar boshqaruvini qabul qilib olgan edi. Uning ilk mavsumida klub Ispaniya ichidagi barcha uchta sovrinni qo'lga kiritdi, joriy mavsumda esa "Barselona" allaqachon yana Superkubokni yutishga ulgurdi.

Masipning ta'kidlashicha, Flik kelishi bilan "Barselona" o'yin sifati va natijalar bo'yicha yangi darajaga ko'tarildi. Uning fikricha, muxlislar yana futbolchilardan faxrlanmoqda va Lamin Yamal hamda boshqa yulduzlar bilan o'zini bir butun deb his qilyapti.

Maslahatchi klub istiqbollari haqida ham ijobiy fikr bildirdi. U "Kamp Nou" bo'yicha yangi loyiha ortiqcha xatarsiz yo'lga qo'yilganini aytib, bir yarim yildan keyin "Barselona" dunyodagi eng yaxshi stadionga ega bo'lishiga ishonch bildirdi.

Qayd etilishicha, kataloniyalik grandda yangi prezident saylovi 15 mart kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Masip Flik boshchiligidagi Barselonani yangi bosqichda ko'rmoqda