Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentinaning «River Pleyt» klubini boshqarib kelayotgan Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Klub rasmiy sayti bu haqda bayonot e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis 26-fevral kuni «Banфild»ga qarshi chempionat uchrashuvidan so‘ng lavozimini topshiradi. Uning ixtiyoriy iste’fosi jamoaning so‘nggi natijalari qoniqarsiz ekani bilan izohlanmoqda: «River Pleyt» hozirda turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo murabbiylik faoliyati davomida «River Pleyt» bilan ikki bor ishlagan. 2014–2022 yillarda u klub bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi — ular orasida Argentina chempionligi hamda Libertadores kubogidagi ikki g‘alaba ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing