date

Argentina chempionati AFA atrofidagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati AFA atrofidagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Bunga mamlakat futbol federatsiyasi atrofida navbatdagi korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

E’tiborlisi, 7 va 8-tur bahslari reja bo‘yicha o‘ynaladi, tanaffus esa aynan 9-turga to‘g‘ri keladi. Taqvimda 9-tur 5–8 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Qaror 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilayotgani bilan bog‘liq.

derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliq to‘lovlaridan qochilgani aytilmoqda. Yevro hisobida bu qariyb 12 millionni tashkil etadi. Shuningdek, tashkilot pul yuvish jarayonlariga aralashgan bo‘lishi mumkinligi haqida ham gumonlar bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina chempionati AFA atrofidagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi