date

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentina klubi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Klub rasmiy sayti bu haqda bayonot e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Galyardo Argentina chempionatining «Banfield»ga qarshi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvidan so‘ng lavozimini topshiradi. Mutaxassis ixtiyoriy iste’foga jamoaning kutilgan natijalarni bera olmagani sabab bo‘layotgani aytilmoqda: «River Pleyt» hozircha turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Galyardo murabbiylik faoliyati davomida «River Pleyt»ni ikki bor boshqargan. U 2014–2022 yillarda klub bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritib, Argentina chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki marta zafar quchgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi