Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik ayni paytda «Barselona»ni Ispaniya La Ligasidagi «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni nemis mutaxassisi 61 yoshni qarshi oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu munosabat bilan «Bavariya» ijtimoiy tarmoqlarda Flikka murojaat qilib, «Tug'ilgan kuning bilan, Hansi», deya tabrik yo'lladi.
Flik 2019–2021 yillarda Myunxen klubini boshqargan. Uning davrida «Bavariya» ikki marta Bundesliga chempioni bo'ldi, Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi, Germaniya superkubogi, UYEFA superkubogi hamda Klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinlarini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, «Barselona» «Vilyarreal»ni fevralning so'nggi kunida qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing