UEFA Prestianini bo'yicha apellyatsiyani rad etdi

UEFA «Benfika» himoyachisi Janluka Prestianining Chempionlar ligasi 1/16 final javob o'yinidan chetlatilishiga qarshi bergan apellyatsiyasini qanoatlantirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi avvalroq «Real» hujumchisi Vinisius tomonidan o'ziga nisbatan irqchilikda ayblovlar yangraganidan so'ng, intizomiy tartibda javob uchrashuvini o'tkazib yuboradigan bo'lgandi.
UEFA matbuot xizmati bayonotiga ko'ra, bugun apellyatsiya organi «Benfika» tomonidan taqdim etilgan shikoyatni rad etish haqida qaror chiqardi.
Shu tariqa, Prestiani Madridda bo'lib o'tadigan bahsda maydonga tushmaydi. Uchrashuv 25 fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
Birinchi o'yinda «Benfika» o'z maydonida «Real»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!