Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tgan uchrashuv vaqtida maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqa kutilmaganda to‘p zarbasiga duch keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalarda darvozabon tepgan to‘p qushga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyatni ko‘rgan ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomonga yugurdi. “Istanbul Yurdum Spor” sardori Gani Chatan tezda harakat qilib, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi, so‘ng uni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Qush bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga topshirilgach, ahvoli asta-sekin yaxshilanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing