date

Ronaldu 5:0 g‘alabadan so‘ng ikki so‘z bilan chiqdi

Ronaldu 5:0 g‘alabadan so‘ng ikki so‘z bilan chiqdi

Saudiya Pro-ligasida «Al-Nasr» «Al-Namja»ni 5:0 hisobida yirik mag‘lub etib, turnir jadvalida yetakchilikka ko‘tarildi. Uchrashuvdagi hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi — u 7-daqiqada penaltidan aniq zarba berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yin yakunlanganidan keyin 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta suratlarni ulashib, qisqa izoh qoldirdi. Portugaliyalik futbolchi postini ikki so‘z bilan yakunladi: «Shunday davom eting!»

Shu tariqa, Ronaldu faoliyatidagi gollari sonini 965 taga yetkazdi. 1000 ta gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirgan — kelishuv 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 5:0 g‘alabadan so‘ng ikki so‘z bilan chiqdi