date

Abdulloh 18 yoshda: Ozoda Nursaidovadan kutilmagan sovg‘a (video)

Abdulloh 18 yoshda: Ozoda Nursaidovadan kutilmagan sovg‘a (video)

“Ko‘k Jiguli” klipi orqali muxlislar qalbidan joy olgan iste’dodli yosh aktyor Abdulloh tug‘ilgan kunini nishonladi. U 18 yoshni qarshi olib, ijodiy faoliyatida yangi bosqichni boshladi.

Mashhur xonanda Ozoda Nursaidova ushbu quvonchli kunda Abdullohni alohida tabriklab, unga qimmatbaho soat sovg‘a qildi. Xonanda aktyorga samimiy va iliq tilaklarini bildirib, uning kelajakdagi ijodiy yo‘liga omad tiladi. So'z yakunida esa uni yaxshi ko‘rishini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu voqea keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kuzatuvchilar yosh aktyorni tug‘ilgan kuni bilan qutlab, unga chiroyli tilaklar va ezgu niyatlarini yo‘llashdi.

Mazkur voqea muxlislar orasida iliq kayfiyat uyg‘otib, Abdullohning san’at yo‘lidagi muvaffaqiyatlariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Abdulloh 18 yoshda: Ozoda Nursaidovadan kutilmagan sovg‘a (video)