date

Barselona Holandni ham o'z safiga qo'sha olishini bildirdi

Barselona Holandni ham o'z safiga qo'sha olishini bildirdi

"Barselona" direktorlar kengashi a'zosi Joan Soler klub yirik transferlarga qo'l urishga tayyor ekanini ta'kidladi. Uning aytishicha, kataloniyaliklar moliyaviy imkoniyatlari hisobiga eng katta yulduzlar uchun kurash olib borishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Ha, biz Holand yoki Alvares kabi futbolchilarni ham tarkibga qo'sha olamiz. Bunday xaridlar besh yil ichida o'zini oqlaydi. Klubning moliyaviy holati bunga yo'l beradi", — dedi Soler Cadena Ser efirida.

Endi asosiy savol — "Barselona" yaqin yozdayoq top hujumchilardan birini olib kelish uchun amaliy qadam tashlaydimi-yo'qmi. Xususan, Holand hozir dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi, Transfermarkt portali esa norvegiyalik yulduzni 200 million yevroga baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Holandni ham o'z safiga qo'sha olishini bildirdi